"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk "Real" bilan bo'lajak o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Chorshanba kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasining umumiy bosqich uchrashuvida "qizillar" o'z uyida "qaymoqranglilar"ni qabul qiladi.
"To'g'risini aytsam, o'yinga tayyor bo'lishim uchun qasos kerak emas. Bu Chempionlar Ligasi, neytral tomoshabin uchun ajoyib o'yin. Biz maydonda ustunlik qilishni va g'alaba qozonishni istaymiz.
Men hech qachon "Real"ni mag'lub eta olmaganman. Qarama-qarshilik tariximiz biz uchun yaxshimas ko'rinadi, ammo biz bo'lajak o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak", - dedi o'yin oldidan “Liverpul” sardori.