«Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem maydondagi sevimli pozitsiyasi haqida fikr bildirdi.
- Mening eng yaxshi pozitsiyam? O'ylaymanki, maydon markazida, u erda menda ko'p erkinlik bo'ladi, - dedi Bellingem.
Joriy mavsumda 21 yoshli ingliz barcha turnirlarni hisobga olgan holda 14 ta o'yinda qatnashib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.