Portugaliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rikardu Karvalyu 7 oyga qamaldi.
Ayni paytda «Shanxay SIPG» tarkibida to'p surayotgan futbolchi Ispaniya sudi tomonidan jazolandi.
Karvalyu 2011-2012 yillarda, "Real" tarkibida to'p surganida soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda aybdor deb topildi. Prokuratura uni 300 ming evro jarimaga tortib, 1 yil muddatga qamoq jazosi tayinlanishini so'ragan edi. Ammo sud Karvalyuni 143 ming evro jarimaga tortib, 7 oylik qamoq jazosini belgiladi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya qonunlariga asosan, 2 yilgacha bo'lgan qamoq jazolari shartli ravishda o'taladi.