"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'z pozitsiyasi haqidagi savolga javob berdi.
Yakshanba kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda (3:0) frantsuz hujumning chap tomoniga yaqinroq bo'lgan o'ziga tanish pozitsiyada o'ynadi, Vinicius Junior esa markazda harakat qildi.
"Men har doim g'alaba qozonishni xohlayman. Biz bu erga "Barselona"ning kechagi durangidan keyin uch ochko olish uchun kelgan edik. O'ylaymanki, men boshqa pozitsiyada yaxshi o'yin o'tkazdim. Men xohlagan joyimda o'ynashim mumkin. Men uchun eng muhimi - jamoaga yordam berish va yaxshi o'ynash. Vini bilan munosabatlarim juda yaxshi," - dedi Kilian o'yindan keyingi intervyusida.