Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti frantsiyalik futbolchining o'z qobiliyatiga bo'lgan ishonchini qaytarish uchun “Leganes” bilan 14-tur o'yinida Mbappedan hujumning chap qanotida foydalanish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis "Qirollik klubi" hujumining chap qanoti so'zsiz hujumchi Vinisius Juniorga tegishli ekanligini tushunadi. Ammo “Leganes” bilan uchrashuvda unga xalqaro tanaffusdan keyin dam berilishi mumkin.
"Leganes" - "Real Madrid" uchrashuvi bugun, 24 noyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.