"Atletiko Madrid" darvozaboni Yan Oblak Ispaniya chempionatida ajoyib ko'rsatgichga ega. U hozirgacha "matraschilar" libosida La Ligada 86 o'yinda maydonga tushib 49 ta to'p o'tkazib yuborgan. Bu ko'rsatgich orqali u "Real" darvozaboni Keylor Navas va "Barselona" darvozaboni ter Stegenni ortda qoldirishga erishdi.
Oblak "Atletiko" tarkibida 10 ta penaltidan 6 tasini qaytarganini ham qo'shib qo'yish darkor. Yuqoridagi sur'atda ko'rsatilganidek bizning darvozabon Keylor Navas La Ligada 73 o'yinda maydonga tushgan xolda 67 ta to'p o'tkazib yuborgan (23 ta quruq o'yin).