Madridning "Real" klubining braziliyalik hujumchisi Endrikni bir vaqtning o'zida bir nechta jamoalar o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, 18 yoshli forvard uchun "Yuventus", "Roma", "Vest Xem", "Kristal Pelas" va "Borussiya Dortmund" yanvarda ijaraga olishga tayyor.
Madrid klubi Endrikni markaziy hujumda Mbappening yagona o'rinbosari ekanligi sabab qo'yib yubormoqchi emas.