Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin «Inter»ning qiziqishlar doirasiga kirdi, deb xabar beradi "El Nacional".
Manbalarga ko'ra, «Inter» dekabrda 36 yoshga to'ladigan Yan Zommerning o'rniga potentsial nomzod izlamoqda. Lunin «Inter»ning short-listidan o'rin olgan, ammo u klub uchun ustuvor variant emas.
Klubning asosiy maqsadi — «Real Sosedad» darvozaboni Aleks Remironi qo'lga kiritish. Bu nomzodni bosh murabbiy Simone Indzagi qo'llab-quvvatlamoqda, u Remironing to'p uzatish va reaktsiya ko'rsatish qobiliyatini yuqori baholaydi.
Bundan tashqari, «Inter»ning ehtimoliy xaridlari ro'yxatida «Borussiya» Dortmunddan Gregor Kobel va «Portu»dan Diogu Koshta ham bor.
Qayd etish joizki, yaqinda Lunin «Real» bilan yangi shartnoma imzolagan. U joriy mavsumda beshta o'yinda maydonga tushgan, sakkizta gol o'tkazib yuborgan va ikki marta darvozasini "quruq saqlagan" holda o'yinni yakunlagan.