Frantsiya futbol federatsiyasi "PSJ"ning jamoaning sobiq hujumchisi Kilian Mbappega maosh va bonuslar to'lanmagani bo'yicha qaror ustidan bergan apellyatsiyasini rad etdi, deb xabar bermoqda France Press.
Avvalroq, Frantsiya Professional Futbol Ligasi "PSJ"ga futbolchi uchun 55 million evro to'lashni buyurgani ma'lum bo'lgan edi. Klub bu qarorga apellyatsiya berdi.
Agar "PSJ" to'lovni amalga oshirmaganlikda aybdor deb topilsa, LFP klubga transferlarni taqiqlash va uni UEFA litsenziyasidan mahrum qilish huquqiga ega ekanligini, bu esa Chempionlar ligasidan chetlatilishini aytgan edi.