"Barselona"ning sobiq futbolchisi Boyan Krkich "Real"ning hozirgi yarim himoyachisi Aurelien Tchuamenining o'yinini qanday o'rganganini esladi.
Mashhur sobiq futbolchining otasi 2007 yildan 2011 yilgacha va 2017 yildan 2020 yilgacha klubning skautlar bo'limida ishlagan.
"Tchuameni "Monako"da, men "Barselona"da bo'lganimizda uning o'yinini ikki-uch marta o'rganganman.
U haqidagi reportajlarimda doim bir xil narsani yozardim: u kuchli, tezkor, lekin u ijodkormi? Yo'q. Men uni yoqtirmasdim.
Men uni katta klubga mos deb o'ylamagandim", - deya Krkichning so'zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.