"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri nufuzli individual sovrinni boshi uzra ko'tarishga tayyorlanyaptimi yoki yo'qmi degan savolga javob berdi.
Vinisius Junior "Oltin to'p" uchun kurashda yaqqol favorit hisoblanardi - matbuot hattoki braziliyalik sovrinni muddatidan oldin "taqdim etdi". Marosimdan biroz oldin Rodrining g'alabasi haqida ma'lumot paydo bo'ldi va bu oxir-oqibat tasdiqlandi. Ovoz berish natijalariga ko'ra ispaniyalik futbolchi "Real" forvardidan 41 ochkoga o'zib ketdi.
"Men juda optimistik emas edim. Biroq tantanali marosim kuni g'alabam haqida xabarlar kela boshladi, odamlarning munosabatini ko'rdim. Bu syurpriz bo'ldi", - dedi 28 yoshli yarim himoyachi El Hormiguero bilan suhbatda.