Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias o'z kelajagi borasida bir qarorga kelgan. 25 yoshli futbolchining "Los-Blankos"ning asosiy tarkibida doimiy o'rni yo'q, so'nggi paytlarda matbuotda marokashlik futbolchining "Milan"ga qaytishi mumkinligi haqida gaplar ketmoqda.
Biroq hujumkor yarim himoyachining o'zi "Real"ni tark etmoqchi emas, deya xabar beradi jurnalist Xose Feliks Dias.
Futbolchi o'z kuchiga ishonadi va vaqt o'tishi bilan u asosiy tarkibga kira olishiga ishonadi. Braim Dias joriy mavsumda "Real"ning 9 ta o'yinida qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.