"Tottenxem" markaziy himoyachisi Kristian Romero kelasi yili sotilishi mumkin. Argentinalik futbolchiga anchadan buyon "Real" qiziqmoqda.
Football Insider xabariga ko'ra, "Tottenxem" agar manfaatdorlar maqbul shartlarni taklif qilsa, 26 yoshli futbolchini sotish imkoniyatini istisno qilmaydi. Qolaversa, "shporlar" muhim futbolchi bilan xayrlashishdan oldin munosib o'rinbosar topishga umid qilmoqda.
Kristian Romeroning taxminiy bahosi 65 million evroni tashkil qiladi. Himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.