Madridning “Real” klubi himoyachisi Eder Militao o'ng tizzasidan og'ir jarohat olib, jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.
Madrid klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, operatsiya seshanba kuni bo'lib o'tgan va muvaffaqiyatli yakunlangan. Yaqin kunlarda Militao tiklanish jarayonini boshlaydi.
Militao yaqinda Ispaniya chempionati doirasida "Osasuna"ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. Braziliyalik futbolchi 2024/2025 yilgi mavsumda endi futbol maydonida ko'rinmasligi aniq, chunki bunday jarohatlardan tiklanish uzoq vaqt talab etadi.