Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo va Teo Ernandeslar jarohatlaridan tuzalib safga qaytishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti tomonidan xabar berilmoqda.
Marselo sentyabr oyida chap oyog'ining mushaklarini zararlab olgandi. Teo esa elkasidagi jarohati bois jamoaning asosiy guruhi bilan mashg'ulotlarda qatnashmadi.
Ikki futbolchi ham "Real"ning so'nggi mashg'ulotida ishtirok etdi. Madrid klub safidan 14 futbolchi milliy termalarga jalb etilgani bois ham ikkinchi jamoa a'zolari Zidan tomonidan mashg'ulotga taklif etildi.
Daniel Karvaxal, Mateo Kovachich va Garet Beyl kabi futbolchilar hali ham jarohatdan sog'aymagani uchun mashg'ulotda qatnamadi.