"Uotford"ning sobiq futbolchisi Troy Dini Kilian Mbappening "Real"dagi holati haqida gapirdi.
"Men Mbappeni xuddi "Manchester Siti"da Erling Xoland bilan birga bo'lgan kabi etishmayotgan bo'g'in deb o'yladim. Mbappe ko'p gol urishini kutgandim va "Real"ni to'xtatish deyarli mumkin emas, deb o'yladim. "PSJ"da u to'liq erkinlikka ega edi va umidlar unchalik katta emas edi. "Real Madrid"da sizdan La Liga va Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishingizni kutishadi. Menimcha, bu biroz bosimga olib keladi.
Bilaman, bu g'alati tuyuladi, lekin Mbappe tabiiy hujumchi deb o'ylamayman. U chap qanotda o'ynay olmaydi, chunki u erda Vinisius Junior bor. Bu vaziyatda "Real" xatoga yo'l qo'ydi. Ular o'yinlarda g'alaba qozonadigan narsalarni emas, balki futbolkalarni sotadigan nom va brendni tanladilar. Mbappe o'ng qanotda o'ynash haqida o'ylashiga to'g'ri kelishi mumkin", dedi Dini.