Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Alfonso Devisning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Nedal Xuose o'z mijozining "Real"ga o'tishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
"Bu yolg'on. Devisning ko'plab variantlari bor, lekin biz hali hech kim bilan kelishib olganimiz yo'q. "Bavariya" bilan yangi shartnoma? Bu ehtimoliy variantlardan biri," - deya ma'lum qildi agent.
Alfonsoning nemis grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati kelasi yilning yozida tugaydi. Kanadalikning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.