Agar Karlo Anchelotti iste'foga chiqarilsa, "Real Madrid" Santyago Solarini tayinlashi mumkin.
65 yoshli italiyalik bu mavsumda jamoaning ishonchsiz o'yinlari, jumladan, "Barselona" (0:4) va "Milan" (1:3)dan ketma-ket ikki marta mag'lubiyatga uchragani uchun tanqidlar nishoniga aylangan. La Ligada madridliklar ikkinchi o'rinda va bir o'yin bilan kataloniyaliklardan 6 ochko ortda qolmoqda, Chempionlar ligasida esa 4 turda 2 ta mag'lubiyatdan so'ng 17-o'rinda bormoqda.
AS nashri xabariga ko'ra, Anchelottining "Real" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi so'roq ostida. Uning o'rniga direktor Santyago Solari nomzod sifatida ko'rilmoqda.
Argentinalik futbolchi 2000 yildan 2005 yilgacha "Real Madrid"da yarim himoyachi sifatida o'ynagan va Xulen Lopetegi iste'foga chiqarilganidan keyin 2018 yilning oktyabridan 2019 yilning martigacha jamoani boshqargan.
Solari boshchiligida madridliklar 31 uchrashuv o'tkazib, 21 ta g'alabaga erishgan, 2 bor durang o'ynagan va 8 ta mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Argentinalik mutaxassis 2019 yil mart oyining birinchi haftasida Chempionlar ligasi doirasida “Ayaks”dan uchralgan mag'lubiyat (1:4) va “Barselona”dan uchralgan ikki mag'lubiyatdan so'ng (Kubok va La Ligada) iste'foga chiqarilgan edi.