Ayni paytda azaliy to'qnashuv hisoblanmish “el-klasiko”ning o'ziga xos tarixi ko'pchilikni qiziqtiradi. Ayniqsa, ikki jamoa o'rtasidagi yirik hisobdagi natijalar hech kimni befarq qoldirmaydi. Bugun e'tiboringizga ana shunday natijalardan biri — 1943 yilda qayd etilgan 11:1 hisobi haqidagi taxminu mulohazalarni havola etamiz.
1943 yilning 13 iyunida “Chamartin” stadionida Generalissimus Kubogi (hozirgi Qirol Kubogi) yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yinda Madridning “Real” klubi “Barselona” darvozasiga naq 11 ta to'p kiritdi. Mehmonlar esa atigi bitta gol urishdi. Vaholanki, birinchi o'yinda Kataloniya klubi “Real”ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra esa “qirollik klubi” finalga chiqdi.
Shu kuni madridliklar istalgan usulda gol urishdi. Birinchi bo'lim 8:0 hisobida yakunlandi, 15 daqiqa ichida (30-44-daqiqalar ichida) “Real” 7 ta gol kiritdi. Barinaga poker qayd etdi, Prumen xet-trikni rasmiylashtirdi. Ammo shu o'rinda savol tug'iladi, birinchi o'yinda raqibini 3:0 hisobida g'alaba qozongan klub ikkinchi o'yinda xuddi shu raqibga qanday qilib 11:1 hisobida yutqazishi mumkin? Bu savolning turlicha javoblari mavjud.
Birinchi taxmin
O'yindan oldin “Barselona”ning kiyim almashtirish xonasiga Ispaniya xavfsizlik xizmati xodimlari xodimlari kirib kelishadi va kataloniyaliklarga qurol o'qtalishadi. So'ng ular bilan taqiqlangan tilda
Davomi