Madridning “Real” klubi murabbiylar shtabi a'zolaridan birining ishidan norozi. Bu haqda Athletic nashri xabar bermoqda. Manbaning xabar berishicha, jarohat olgan futbolchilar ko'pligi sababli klubda xavotir kuchaymoqda.
Jamoa ichidagilar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Antonio Pintusning ishidan norozi ekanliklarini bildirishmoqda. “Real” mutaxassisning o'yinga tayyorlash usullarini eskirgan deb hisoblaydi.
Madridliklar safida 9 nafar futbolchi jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. “Real” Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadam “Barselona”dan 6 ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda.