"Real"ning sobiq futbolchisi Rafael Alkorta "qirollik klubi"ga yangi markaziy himoyachini tanladi. U “Arsenal”dan Uilyam Salibaga e'tibor qaratishni maslahat berdi.
"Ehtimol, "Real" Saliba kabi yigit uchun 80 million sarflashi kerak. Bunday futbolchi o'n yil davomida "Real Madrid" himoyasida o'rinni to'ldirishi mumkin. Umuman olganda, Madrid klubi transferlarda kamdan-kam xatoga yo'l qo'yadi", - deydi Alkorta.
Joriy mavsumda Saliba “kanonirlar”ning 12 ta uchrashuvida qatnashib, gol ura olmagan. Frantsiyalik himoyachining bozor narxi 80 million evroni tashkil qiladi.