Braziliya terma jamoasi JCh-2026 saralash bahsida Venesuelani mag'lub eta olmadi, "pentakampeonlar" safida yagona gol birinchi bo'lim oxirida raqib darvozasini ishg'ol qilgan Rafinya Dias tomonidan kiritildi.
62-daqiqada Vinisius Junior braziliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqish imkoniyatiga ega bo'ldi, ammo penaltini golga aylantira olmadi. Qolgan vaqtlarda tomoshabinlar gol ko'rishmadi – 1:1.
Madridning “Real” klubi futbolchisi JCh-2026 saralash bosqichida 6 ta o'yinda birorta ham gol ura olmadi. Uning hisobida faqat bitta golli uzatma bor. Braziliya terma jamoasining saralash turniridagi eng yaxshi to'purari – Rafinya to'rtta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.