"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich o'z taxallusiga qanday munosabatda ekanligini tushuntirdi.
"Maestro"? Jamoadoshlarim va boshqalar meni shunday chaqirishadi. Men bundan faxrlanaman, chunki agar odamlar sizga shunday murojaat qilishsa, demak ular sizni o'zgacha deb hisoblashadi. Bu yaxshi laqab, menga yoqadi", - dedi Modrich Madrid Xtra bilan suhbatda.
Luka Modrich joriy mavsum “Real” safida 17 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.