«Real Madrid»ning markaziy himoyachisi David Alaba tez orada jarohatini tiklaydi.
32 yoshli futbolchi o'tgan yilning dekabr oyida olgan xochsimon bog'lami uzilishi tufayli bu yil maydonga tushmagan. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, «Real» og'ir jarohat olganiga qaramay, Alabaga ishonadi va 2025 yilda unga umid qiladi. Avstriyalik futbolchining faoliyatini tugatish rejalari haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo futbolchi maydonga qaytishga qat'iy qaror qildi va to'liq tiklanish arafasida.
David Alaba 2021 yilning yozida «Bavariya»dan «Real»ga o'tgan. Himoyachi barcha turnirlarda «qaymoqranglilar» safida 102 ta o'yin o'tkazgan.