Tibo Kurtua terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusdan so'ng maydonga qaytadi.
AS xabar berishicha, darvozabon kechagi mashg'ulotlarda umumiy guruhda mashq bajargan, biroq ikki tomonlama o'yinda ishtirok etmagan.
Murabbiylar shtabi belgiyalik futbolchini 24 noyabr kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda maydonga tushirishni rejalashtirmayapti. Kurtua Chempionlar ligasida "Liverpul"ga qarshi o'yinga (27 noyabr) tayyor bo'ladi.
Tibo oxirgi marta 22 oktyabr kuni o'ynagan.