Hujumchi Endrik «Real»da unchalik ko'p o'yin vaqtiga ega emas. «Madrid» klubi iste'dodli braziliyalikning muntazam maydonga tushadigan jamoaga ijaraga berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Super Deporte» xabariga ko'ra, 18 yoshli Endrikka «Real»ning sobiq futbolchisi Ronaldoning «Valyadolid» jamoasi qiziqish bildirmoqda. «Valyadolid» hujumda muammolarga duch kelmoqda va kuchaytirish imkoniyatlarini qidirmoqda. Hozirda jamoa La Liga turnir jadvalida oxirgi o'rindan oldingi o'rinni egallab turibdi.
2024/2025 yilgi mavsumda Endrik «Real»ning o'nta o'yinida qatnashib, ikkita gol urdi va sherigiga bitta golli uzatmani amalga oshirdi.