Bugun "Qirollik klubi" afsonasi Iker Kasilyas 36 yoshga to'ldi. Sardor 1981-yil dunyoga kelgan va "Real"dagi debyutini 1999-yil 12-sentyabrda "San Mames"da "Atletik Bilbao"ga qarshi o'tkazgan.(2:2) U hozirda klub tarixida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan 2-futbolchi bo'lib turubdi.(724 ta)
Shuningdek, Iker Premeroda uchrashuvlarda g'alaba qozonish bo'yicha ham rekordchi hisoblanadi. Iker hisobida 3 karra Chempionlar Ligasi g'olibligi, Klublar o'rtasida jahon chempioni, Qitalararo kubogi sohibi va 2 marta Yevropa Superkubogi g'olibidir. Shuningdek, 5 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Qirol Kubogi sohibi va 4 karra Ispaniya Superkubogi chempioni hamdir. Terma jamoa miqyosida jahon chempioni va 2 karra Yevropa chempioni. Shuningdek, u ketma-ket 5 marta jahonning eng yaxshi darvozaboni bo'lgan.
RealBlancos