Madridning «Real» klubi ustozi Karlo Anchelotti jamoaning jismoniy holatidan norozi. Bu haqda «Relevo» xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italiyalik mutaxassis xalqaro tanaffus vaqtida Madrid uchun yangi fitnes rejasini ishlab chiqishni talab qildi.
Klub bazasida shunday ibora yangragan: “Yoki biz jismoniy tayyorgarligimiz darajasini oshiramiz, yoki «Liverpul» bizni mag'lub etadi”.
Eslatib o'tamiz, EChL 5-turidan o'rin olgan «Liverpul» - «Real» uchrashuvi 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi.