38 yoshli Serxio Ramos qiyin vaziyatda "Real"ga yordam berishga tayyorligini bildirdi.
"Qirollik klubi" xoch bog'lami yirtilgani tufayli uzoq vaqt maydonga tusha olmagan Eder Militaoni yo'qotganidan keyin yangi markaziy himoyachiga muhtoj bo'lib qoldi. El Chiringuito telekanali xabariga ko'ra, Ramos "Real"ga qaytishga tayyor - u o'z xizmatlarini "Los Blankos"ga taklif qilgan. Biroq Madrid grandi prezidenti Florentino Peres va direktor Xose Anxel Sanches sobiq sardorni rad etishdi.
Serxio Ramos yozdan beri erkin agent bo'lib qolmoqda.