Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Rodrigo De Paul – aybsiz aybdor...

Vinisius Juniorning «Oltin to'p»dan quruq qolgani tufayli Argentina milliy jamoasi hamda «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul ham ma'lum darajada zaxmat chekdi

.
- Yuklab olish

Vinisius Juniorning «Oltin to'p»dan quruq qolgani tufayli Argentina milliy jamoasi hamda «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul ham ma'lum darajada zaxmat chekdi

Gap shundaki, braziliyalik vingerning muxlislari argentinalik futbolchini «OT»­ning yangi egasi Rodri bilan adashtirib, uning «Instagram»dagi shaxsiy sahifasiga «hujum» uyushtirishdi: «O'g'rilik», «Oltin to'p»ni o'z egasiga qaytar».

Ma'lum bo'lishicha, «Oltin to'p» marosimida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri asosiy individual sovringa munosib ko'rilgach, Vinisius Juniorning ba'zi personal muxlislari alam o'tida «yonib», ijtimoiy tarmoqlar aro ispaniyalik laureatni izlashga tushishgan. Ular shu tariqa «Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo de Paul yuritadigan sahifaga kirishgan va g'azabnok holatda turli izohlar qoldirishgan. Mana, ayrim achchiq munosabatlarga e'tibor qarating:

— O'g'rilik.

— Bu Viniga tegishli.

— Vinini nega tunab ketding?

— «Oltin to'p»ni o'z egasiga qaytar.

Eng qizig'i, «Oltin to'p» marosimidan keyin argentinalik futbolchi tomonidan qo'­yilgan ilk post ostida qisqa vaqtda naq 6764 izoh yozilgan. Ularning aksariyatida Rodri qattiq qoralangan, sovringa aslida Vinisius haqli bo'lgani bayon etilgan. O'z o'rnida aytish kerak, Rodri ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifa ochmagan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Aks holda, nima bo'lardi-ya...

BestMaster
13 Noyabr 2024, 23:30
rodrigo, paul, aybsiz, aybdor,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads