"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri restoranda bo'lib o'tgan "Oltin to'p"ni nishonlash chog'ida "Xayr, Vinisius" deb qichqirgani videosiga izoh berdi va bu videolar feyk emasligini tan oldi.
"Odamlar bu sog'lom raqobat ekanligini va bu shaxsiy ziyofat, bayram lahzasi ekanligini tushunishlari kerak. Men hech qachon hech kimga hurmatsizlik qilmaganman. Men Vinisius va "Real"ni juda hurmat qilaman", — Rodrining so'zlarini keltiradi COPE nashri.