"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu prezident Florentino Peres oldiga ikki shart qo'ydi.
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, portugaliyalik to'purar jamoada Neymar (PSJ) va Lionel Messi ("Barselona") darajasida, kamida 25 mln evro maosh olishni istamoqda.
Bundan tashqari, u markaziy hujumchi sifatida to'p surishni xohlayapti.