"Akron" hujumchisi Artyom Dzyubaning fikricha, "Real" hujumchisi Vinisius Junior "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga loyiq emas edi.
Xabaringiz bor, Vinisius nufuzli sovrin uchun kurashda favorit deb atalgandi, biroq ovozlarni u emas, balki “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri yutib oldi. Shu fonda "Real" hatto oktyabr oyi oxirida Parijda bo'lib o'tgan marosimni boykot qildi.
Dzyubaning so'zlariga ko'ra, “Oltin to'p”ni olishga birinchi nomzod Vinisius emas, “Real” himoyachisi Dani Karvaxal bo'lgan.
"Qarang: "Real" hamma narsada g'alaba qozondi, Ispaniya hammasida g'alaba qozondi. Karvaxal sovrinni birinchi bo'lib qo'lga kiritdi. Rodri ikkinchi o'rinda, 100 foiz. Va Vinisius - nima uchun? Jahon chempionati muvaffaqiyatsiz tugadi. Amerika kubogi ham. Xo'sh, nega? "Real"da ularning hammasi yaxshi", - dedi Dzyuba "Match TV" bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Rodri 1960 yildan beri “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan birinchi ispaniyalik bo'ldi.