Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin bo'lajak Millatlar ligasi o'yinlarida Ukraina terma jamoasiga yordam bermaydi.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi oilaviy sabablarga ko'ra terma jamoaga bormaydi.
16 noyabr kuni Ukraina terma jamoasi Gruziyaga qarshi maydonga tushsa, 19 noyabr kuni Albaniya bilan bahs olib boradi.