"Real"ning 38 yoshli sobiq markaziy himoyachisi Serxio Ramos jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
Xususan, ispaniyalik yana bir klub afsonasi Gutining bu boradagi izohini yuqori baholadi.
Madridliklar jarohat tufayli Eder Militaoni boy bergan “Osasuna”ga (4:0) qarshi o'yindan keyin bergan intervyusida Guti tom ma'noda shunday dedi: “Men Serxio Ramosni “Real Madrid”ga qaytarish variantini ko'rib chiqaman.
U hozir erkin agent, uning qaytishi klubga 0 evroga tushadi", - degandi Guti. Oradan ko'p o'tmay uning so'zlari internetda tarqaldi va Ramos bunga layk bosdi.