Germaniya terma jamoasi va Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jonatan Ta Ispaniya chempionatida ish topishi mumkin. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.
Jurnalistlarning yozishicha, nemisning xizmatlariga Madridning “Real” klubi qiziqmoqda. "Los-Blankos" markaziy himoyachilarining jarohati tufayli himoyani kuchaytirmoqchi. Kelishuv yanvar oyidagi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.
Taning bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Himoyachining "farmatsevtlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Jonatan o'nta o'yin o'tkazib, gol urdi va sariq kartochka oldi.