"Tottenhem" klubi etakchi hujumchisi Harri Keynni hech qaerga qo'yib yubormaydi.
Avvalroq, "Real" APL to'purarini 200 mln evroga xarid qilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Keynning o'zi esa, kelajakda har narsa yuz berishi mumkinligini aytdi.
The Independent xabariga ko'ra, London klubi Keynni hech qaerga, hech qanday narx evaziga sotmasligini ma'lum qilgan.
APL joriy mavsumida Keyn 7ta o'yinda 6ta gol urib, to'purarlar ro'yxatining yuqori qismida boryapti.