Portugaliya terma jamoasi va "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq sherigi Luka Modrich haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Luka bilan men do'stmiz. U hali ham o'ynab yurganidan xursandman, bu ajoyib. U va Xorvatiya terma jamoasi bilan uchrashish men uchun katta baxt edi. Men va Luka hali ham yaxshi formadamiz, ikkalamiz o'ynashda davom etamiz", - deya Ronaldu so'zlarini keltirmoqda AS.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu rasmiy o'yinlarda 900 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo'ldi.