"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni Samuel Eto'Oning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi.
"2022 yilgi jahon chempionati finalida penaltini amalga oshira olmaganimda, Eto'O birinchi bo'lib meni qo'llab-quvvatladi. Uning menga yuborgan ovozli xabari hanuzgacha menda bor", - deydi futbolchi.
JCh-2022 final uchrashuvida Frantsiya terma jamoasi Argentina terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandi. Frantsuzlar tarkibida Tchuameni va Kingsli Koman o'z urinishlarini golga aylantira olishmagandi.