"Milan" yarimhimoyachisi Suso "Real Madrid" qiziqishlar doirasida.
Madridliklar 23 yoshli ispaniyalik futbolchini Garet Beyl o'rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. Ikki oy oldin "Milan" yetakchisi klub bilan amaldagi shartnomani 2022-yilgacha uzaytirdi va uning tovon puli 40 mln yevro qilib belgilandi. "Qirollik klubi" esa bu narxni to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, vinger ushbu mavsumda Italiya A seriyasida 6 o'yindan so'ng 2 ta gol va 2 ta golga assistentlik qilgan.