«France Football» jurnali turli nominatsiyalar bo'yicha 2024 yilning eng yaxshisi bo'lishga da'vogarlarni e'lon qila boshladi.
Yilning yaxshi murabbiyi sovrini uchun 6 nafar murabbiy da'vogarlik qiladigan bo'ldi. Ular joriy yilda o'z jamoalari bilan nufuzli sovrinlarni qo'lga kiritishdi.
Xabi Alonso («Bayer») — Bundesliga
Karlo Anchelotti («Real») — Li liga, EChL
Luis de la Fuente (Ispaniya terma jamoasi) — Evro-2024
Jan Pero Gasperini («Atalanta») — Evropa ligasi
Pep Gvardiola («Manchester Siti») —APL
Lionel Skaloni (Argentina terma jamoasi) — Amerika kubogi.
G'olib nomi 28 oktyabr kuni o'tkaziladigan «Oltin to'p» marosimida aniqlanadi.