"Real"ning sobiq hujumchisi Xoselu Kilian Mbappening "qirollik klubi" libosidagi ilk o'yinlari haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi La Liganing so'nggi turida “Betis” darvozasiga dubl qayd etgan bo'lsa-da, bungacha ketma-ket 3 uchrashuvda gol ura olmagandi.
"Mbappeni tanqid qilishadimi? Shaxsan menda hech qanday shubha yo'q. Mbappe ketchup shishasiga o'xshaydi.
Avvaliga siz uni siqib chiqarasiz va u chiqmaydi, lekin keyin barcha pomidorlar bir vaqtning o'zida chiqib ketadi. U allaqachon "Betis"ga qarshi o'yinda ikkita gol urgan va kelajakda ham shunday qiladi", - deya Xoseluning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.