Madridning “Real” klubi hozirda Frantsiyaning “PSJ” jamoasida o'ynayotgan marokashlik himoyachi Ashraf Hakimni jamoaga qaytarish haqida o'ylamoqda. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Hakimi "Qirollik klubi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Marokashlik futbolchi Madridda o'z o'rniga ega bo'la olmadi va 2020 yilda "Inter"ga yo'l oldi. U 2021 yildan beri Parij grandida o'ynab kelmoqda. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida himoyachi uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hakimining "PSJ" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning narxi 60 million evroga teng.