Millatlar ligasi doirasida Italiya va Belgiyaga qarshi o'yin uchun Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgan "Real Madrid" chap qanot himoyachisi Ferland Mendi bu o'yinlarda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.
Frantsiya futbol federatsiyasi 29 yoshli futbolchining o'ng oyog'ining oyoq suyagidan jarohat olgani va shu sababli terma jamoa safiga qo'shilmasligini ma'lum qildi. Uning o'rniga "Aston Villa" himoyachisi Lyuk Din chaqirildi.
6 sentyabr kuni frantsuzlar Italiyani qabul qilsa, 9 sentyabr kuni ham o'z maydonida Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.