Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Kristof Dyugarri "Real" hujumchisi Kilian Mbappening joriy mavsumdagi o'yiniga baho berdi.
"U birinchi o'yinda gol urdi va shunchaki dubl qayd etdi. Agar siz statistikaga qat'iy rioya qilsangiz, bu muvaffaqiyat. Biroq, muhim statistika va gollarga qaramay, Kilian Mbappe juda va juda uzoq vaqt davomida o'yinda o'rtamiyona bo'lib kelmoqda, xoh Frantsiya, xoh "PSJ"da, xoh hozircha, "Real Madrid"da.
Mbappe hujumchi sifatida o'sishi kerak: kurashda, fizikada, to'pni boshqarishda, texnik sifatlarda.
Mbappening texnik cheklovlarini ko'ryapmiz. Biz bilamizki, u dunyodagi eng texnik o'yinchi o'ntaligiga kirmaydi. Bugun esa Vinisiusdek futbolchi fonida uning cheklovlari yaqqol ko'rinib turibdi", - deya Dyugarri so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.