Braziliyaning "Fluminense" klubi o'z stadioni nomini o'zgartiradi, u "Real Madrid" va Janubiy Amerika klubining sobiq himoyachisi Marselo nomini oladi.
Manbaga ko'ra, arena "Marselo Vieyra" stadioni deb nomlanadi. Nomni o'zgartirish 5 sentyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi.
Klub bayonotida, shuningdek, uning oilasidan tashqari, nomni o'zgartirish tadbirida "Fluminense"ning turli yoshdagi yoshlar jamoalari, shu jumladan ayollar ham ishtirok etishi aytilgan.
Marselo 2007 yildan 2022 yilgacha "Real"da o'ynagan. Jamoa safida 546 ta o'yinda maydonga tushgan himoyachi 38 ta gol urdi va 103 ta golli uzatmani amalga oshirgan.