Bugun 20-may "Real Madrid" tarixida oltin harflar bilan yodga olinadigan kun. Bundan 19 yil avval aynan 20-may kuni "Real" o'z tarixida 7-bor Yevropa chempionlar ligasini boshi uzra ko'tarishga erishgan.
1998-yil 20-may oqshomida "Qirollik klubi" Gollandiyadagi "Amsterdam Arena"da bo'lib o'tgan chempionlar ligasi final uchrashuvida Italiyaning "Yuventus" klubiga qarshi bahs olib borgan hamda uchrashuvning 66-daqiqasida Predrag Miyatovich tomonidan kiritilgan yagona gol "Real Madrid"ni 7-bor Yevropada tengsiz jamoaga aylantirgan edi. Ta'kidlash lozimki, hozirda ''Real'' bosh murabbiyi hisoblangan Zinedin Zidan o'sha davrda Turinliklar safida yetakchi futbolchi sifatida to'p surgan.
"Real Madrid": Illgner, Panuchchi, Yerro, Sanchis, Roberto Carlos, Seedorf, Karembeu, Redondo, Raul (Amavisca, 90), Miyatovich (Shuker, 89), Morientes (Xaime, 81).
"Juventus": Peruzzi, Torrichelli, Iuliano, Montero, Di Livio (Tacchinardi, 46), Deshamp (Conte, 77), Davids, Zidan, Pessotto (Fonseca, 70), Del Piero, Inzaghi.
Gol: 1:0 - Miyatovich (66)
Bosh hakam: Helmut Krug (Germaniya)
Stadion: "Amsredam Arena"
RealBlancos