Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La liga. «Real» Mbappening dubli evaziga «Betis»ni mag'lub etdi (videosharh)

Ispaniya chempionatining 4-turida “Real” 1 sentyabr, yakshanba kuni “Betis”ga qarshi bahs olib bordi.

.
- Yuklab olish

Ispaniya chempionatining 4-turida “Real” 1 sentyabr, yakshanba kuni “Betis”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida darvozalar ishg'ol etilmadi.

Ikkinchi bo'limda madridliklar faollik ko'rsatdi va 67-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Kilian Mbappe La Ligadagi debyut golini kiritdi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan “qaymoqranglilar” penalti ishlab oldi. Penaltini ham frantsiyalik hujumchi aniq amalga oshirdi va dublni rasmiylashtirdi.

Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Real” ishonchli hisobda g'alaba qozondi.

Karlo Anchelotti shogirdlari ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 8 taga etkazdi va 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

La liga, 4-tur
1 sentyabr, yakshanba
“Real” — “Betis” 2:0
Gollar: 1:0 – 67 Mbappe, 2:0 – 75 Mbappe (penalti).
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 65), Ryudiger, Militao, Karvaxal, Sebalos (Braim Dias, 65), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe (Modrich, 84), Rodrigo.
“Betis”: Ruy Silva, Perro, Natan, Lorente, Sabali, Vilyam Karvalyu (Kardozo, 57), Roka, Fornals (Losada, 83), Sanches (Diao, 72), Ezzalzuli (Xuanmi, 83), Ruibal (Roke, 57).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (59), Karvaxal (65).

BestMaster
2 Sentabr 2024, 07:00
liga, «real», mbappening, dubli, evaziga, «betis»ni, maglub, etdi, videosharh,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads