Hujumchi Kilian Mbappe Millatlar ligasining sentyabr oyidagi o'yinlari uchun Frantsiya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Shu bilan birga, matbuotda "Real" Mbappeni yig'inga chaqirmaslikni so'ragani haqida ma'lumot paydo bo'ldi, chunki, Madridliklar forvardning dam olishini xohlashdi.
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jurnalistlarga Mbappe o'z iltimosiga ko'ra jamoaga chaqirilganini aytdi.
"Men Mbappeni yaxshi holatda ko'rmoqdaman. U shu erda va bu uning tanlovi", - dedi Desham.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, Kilian Mbappe "Real"ning qaroriga qarshi borishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi kelasi oy Italiya (6 sentyabr) va Belgiya (9 sentyabr)ga qarshi maydonga tushadi.