"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub miqyosidagi eng o'ziga xos g'alaba deb atadi.
39 yoshli portugaliyalik 2007/08 yilgi mavsumda Moskvada bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi finalida g'alaba qozonganini aytdi. O'shanda "Lujniki" stadionida "Manchester Yunayted" "Chelsi"ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
"Eng o'zgacha deganda, 2008 yilda "Manchester Yunayted"da o'ynaganimda, birinchi Chempionlar ligasi finali yodimga tushadi. Biz g'alaba qozondik, o'yindan gol urdim, lekin penaltilar seriyasida noaniq harakat qildim.
Albatta, "Real" bilan erishgan to'rtta g'alabamiz aql bovar qilmaydi" - dedi Ronaldu 2024/25 yilgi Chempionlar ligasi qura tashlash marosimida.